Qovurilgan jo‘ja: Toshkentda bugun birinchi KFC restorani ochildi

Birinchi KFC restorani “Buyuk ipak yo‘li” metrosi oldida ochiladi.
Sputnik

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Toshkentda bugun, 12-sentabr kuni “Buyuk ipak yo‘li” metrosi oldida birinchi KFC restorani ochildi.

“Birinchi restoran Fayz supermarketi oldida joylashgan. ozir KFC oldida ko‘p odamlar to‘plangan. Ochilishga tayyorgarlik ishlari yakunlanmoqda”, - deb aytishdi Sputnik muxbiriga restoran xodimlari.

O‘zbekiston poytaxtida restoran International Food Chain kompaniyasi tomonidan ochildi. U 2017-yilda tashkil etilgan bo‘lib, mamlakatda Yum! Brands yagona rasmiy hamkori hisoblanadi.

Qovurilgan jo‘ja: Toshkentda bugun birinchi KFC restorani ochildi

Eslatib o‘tamiz, KFC shtab-kvartirasi AQShning Kentukki shtatidagi Luisvill shahrida joylashgan. U savdo hajmi bo‘yicha jahonda McDonald's kompaniyasidan keyin ikkinchi o‘rinda turadi. Kompaniyaning 110dan ortiq mamlakatda 42,7 mingga yaqin restorani bor.