Judayam ta’sirli holat: halok bo‘lgan egasini sog‘ingan mushuk

Mushuk telefonda o‘z egasini ko‘rishi bilan yuzini ekranga bosadi.
Sputnik

Ushbu video internetda 30 milliondan ortiq marta ko‘rildi.

Lavhaning boshida mushuk smartfon ekraniga qarab turadi. Keyin telefonda o‘z egasini ko‘rishi bilan boshini ekranga qo‘yadi.

Vafodor hayvonning bunday harakatlari ko‘pchilik internet foydalanuvchilarining ko‘z yoshlariga sabab bo‘ldi. Biroq ba’zilar esa mushuk odamga shu qadar kuchli bog‘lanib qolishi mumkin emasligini bildirishmoqda.