O‘z xotinini ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilgan erkakka jazo beriladi

Toshkentda o‘z xotini haqida ijtimoiy tarmoq orqali nojo‘ya gaplarni tarqatgan erkakka jazo beriladi.
Sputnik

TOShKENT,  11 sen – Sputnik. Toshkentda o‘z xotinini ijtimoiy tarmoq orqali haqorat qilgan erkakka 2-yil majburiy mehnat jazosi berilishi mumkin, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xabarda aytilishiga ko‘ra, oilaviy janjaldan so‘ng, erakak kishi ijtimoiy tarmoqda xotini nomiga akkaunt ochib u yerda uni haqoratlovchi ma’lumotlar joylashtirgan. Shundan so‘ng ayol kishi huquqni saqlash organlariga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Ushbu ish yuzasidan huquqni saqlash organlari tomonidan 35-yoshli erkakka nisbatan ish qo‘zg‘atilgan.  O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasiga binoan unga 2-yil muddatga majburiy mehnat jazosi berilishi mumkin.