Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini restavratsiya qilish boshlandi

Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini rossiyalik mutaxasislar yordamida restavratsiya qilish boshlandi.  
Sputnik

TOShKENT, 11 sen – Sputnik. Saviskiy muzeyida yong‘in o‘chirish tizimining ishlab ketishi oqibatida zarar ko‘rgan A.V. Shevchenkoning "Chelak ko‘targan xotin" ("Baba s vedrami") asarini restavratsiya qilish boshlandi, deb xabar qilmoqda O‘zbekiston Madaniyat vazirligi.  

Ushbu ishlarni amalga oshirish maqsadida O‘zbekiston Madaniyat vazirligi tomonidan Grabar nomli Butunrossiya badiiy restavratsiya markazidan tajribali restavratorlar hamda Pushkin nomidagi Davlat san’at muzeyidan oliy kategoriyali rassom-restavrator Koshkina Nadejda Sergeyevna taklif qilingan.

Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini restavratsiya qilish boshlandi

Sentabr oyining boshida Nadejda Sergeyevna Nukus shahriga yetib kelib restavratsiyaga tayyoralsh ishlarini boshlagan. Koshkina asarning bo‘yoqlarining yo‘qotilgan maydoni hajmini aniqlab, konservatsiya ishlarini amalga oshirgan.

Kartinani restavratsiya qilishda qo‘yidagi uslublardan foydalanishga qaror qilingan:

  • eng kichik fragmentlarini ko‘chib tushgan joyiga qaytarish uslubi rasmning butligini tiklash;
  • bo‘yoq qatlamidagi shishib chiqqan, yorilgan va ko‘chib tushgan joylarini 5% baliq yelimi va asal hamda pinen yordamida, papirus va  mikalent qog‘ozi yordamida amalga oshiriladi;
  • shakl buzilishi o‘z holiga qaytariladi.

Yuqorida belgilangan ishlar tugatilganidan so‘ng, badiiy asarning yo‘qoltilgan qismining maydoni aniqlandi. N. Koshkina xulosasiga ko‘ra, bo‘yoq qatlamining haqiqatdan yo‘qotilgan qismi 10% ni tashkil qiladi.

Eslatib o‘tamiz, dastlab internetda ushbu san’at asari zarar ko‘rgani haqidagi paydo bo‘lgan xabarda rasmning 60 % yo‘qotilgan deyilgan edi.

Yuqorida qayd etilgan qadam badiiy asarni restavratsiya qilishning birinchi bosqichi edi. Restavratsiya ishlari N. Koshkinaning navbatdagi tashrifida davom ettiriladi.

Saviskiy muzeyida zarar ko‘rgan san’at asarini restavratsiya qilish boshlandi