Afg‘onistonda xudkush-terrorchi olomon orasida o‘zini portlatdi

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Afg‘onistonda xudkush-terrorchi olomon orasida o‘zini portlatdi, deb xabar qildi RIA Novosti Tolo News telekanaliga asosan.

Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, portlash oqibatida o‘nlab kishilar halok bo‘lgan.

Telekanal xabariga ko‘ra, mudhish hodisa seshanba kuni, Afg‘oniston sharqidagi Nargarxan provinsiyasining tumanlardan birida, namoyishchilar to‘plangan paytda sodir bo‘ldi.

Namoyishchilar mahalliy politsiya rahbari ishdan ketishini talab qilishgan.