AQShda it o‘z egasiga jinsiy jinoyat bo‘yicha jazodan qutulib qolishga yordam berdi

Xorner 50-yillik qamoq jazosini o‘tashni boshlab, jamoat tashkilotiga huquqiy yordam uchun murojaat qilgan.
Sputnik

TOShKENT, 11 sen — Sputnik. Avvaliga yo‘qolib qolgan va keyinchalik topilgan it, Oregon shtatidan bo‘lgan ishchiga sud tomonidan oqlanishiga yordam berdi. Bu fuqaro o‘zining qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlikda ayblangan. Bu haqda RIA Novosti Oregon Innocence Project jamoat tashkilotiga asosan xabar qildi.

O‘zbekiston fuqarosi AQShda 11-yilga qamaldi

“Bugun mijozimiz Josha Xornerga qarshi ayblov xulosasi prokuror Jon Xammelning talabnomasiga asosan bekor qilindi. Janob Xorner o‘z qiziga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik harakatlarini sodir etishda sud hay’ati yakdil qarori bilan aybdor deb topilgandi. U bu jinoyatni sodir etmagan”, - deb ta’kidladi tashkilot vakili.  

Xorner 50-yillik qamoq jazosini o‘tashni boshlab, jamoat tashkilotiga huquqiy yordam uchun murojaat qilgan.

Ushbu jinoyat ishida hech qanday DNK izlari, moddiy ashyolar, guvohlar bo‘lmagan, faqatgina ayblanuvchining voyaga yetmagan qizining ko‘rsatmalari bo‘lgan xolos. Faollar ma’lum qilishicha, avval ham bu qiz onasi tomonidan tahqirlanishi bo‘yicha shikoyat qilgan, ular o‘z tasdig‘ini topmagan. Bundan tashqari, qiz uni qo‘rqitish maqsadida otasi oilaga tegishli bo‘lgan Lyusi laqabli labrador itni otib tanlaganligi haqida ko‘rsatma bergan.

Biroq, it topildi. Ayblanuvchining avval bergan ko‘rsatmalari ko‘ra, u tirik ekan.  

“Lyusi laqabli it otib tashlanmagan ekan. Lyusi tirik va sog‘lig‘i yaxshi. Meni mutaxassisim va Oregon Innocence Project mutaxassisi Lyusini topishdi, uni tasdiqlashdi, u bilan ancha vaqt o‘tkazib, uni rasmga olishdi”, - deb ta’kidladi prokuror sudga.

It qayerda topilganligi ma’lum qilinmadi.   

Shuningdek, prokuror ayblanuvchining jinoyat sodir etmaganiga to‘liq ishonch hosil qila olmasligini  ma’lum qilgan.

Ammo prokuror voyaga yetmagan qiz guvohlik berayotganda noto‘g‘ri ko‘rsatma berganligiga o‘z tasdig‘ini topdi. Sudya barcha dallillarga rozi bo‘ldi, ish yopildi va Xorner ozod qilindi.

“Biz turmush o‘rtog‘im Kelli bilan buzilgan hayotimizni qayta tiklashga harakat qilishga tayyormiz”, - dedi u ozod bo‘lgandan keyin.

Xorner noodatiy yo‘l tutib, yangi ochilgan holatlar asosida ishni yopishga talabnoma kiritganligi uchun prokurorga o‘z minnatdorchiligini bildirdi.