Vladimir Putin Alisher Usmonovni tabrikladi

Rossiya prezidenti Alisher Usmonovni 65 yoshga to‘lishi bilan tabrikladi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. Prezident Vladimir Putin tadbirkor va metsenat Alisher Usmonovni 65-yoshga to‘lishi munosabati bilan tabrikladi, deb xabar qildi Dmitriy Peskov, bu haqida bir qator Rossiya OAVlari xabar qilmoqda.  

“Yubilyar nomiga yo‘llangan telegrammada, Usmonovning sport, fan va madaniyatni rivojlantirishda faol ishtiroki hamda ta’lim va ma’rifat sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab – quvvatlashga qo‘shayotgan katta hissasi prezident tomonidan alohida qayd etilgan”, - dedi Dmitriy Peskov.

Eslatib o‘tamiz, Alisher Usmonov Rossiyada tashkil etilgan “San’at, fan va sport” tashkilotining asoschisi. 2014-yilda Bloomberg agentligi Alisher Usmonovni Rossiyaning “eng saxiy xayr-ehson qiluvchi fuqarosi” deb atagan edi.