AQSh ochiq chempionatida ilk bor yaponiyalik tennischi g‘olib chiqdi

US Openda Naomi Osaka afsonaviy Serena Vilyams ustidan shov-shuvli g‘alaba qozonib “Katta shlem” sohibi bo‘ldi.
Sputnik

TOShKENT, 9 sen – Sputnik. AQShda tennis bo‘yicha bo‘lib o‘tgan  ochiq chempionatda Naomi Osaka afsonaviy Serena Vilyams ustidan g‘alaba qozondi.

Bu US Open chempionatlarida yaponiyalik sportchi tomonidan yutib olingan birinchi “Katta shlem” bo‘ldi. Final bahsda Naomi Osaka 6-2, 6-4 hisobda g‘alaba qozondi.

Qizig‘i shundaki, yakuniy setda hakam Serena Vilyamsni bir ochko jarimaga tortdi. Bunga sabab Uilyams tomonidan o‘yin qoidasining buzilishi, raketkani sindirish, sudyani haqorat qilish  va unga o‘yin davomida treneri tomonidan maslahat berilishi bo‘ldi.

O‘yin Serena Uilyams va hakam orasida katta janjan builan yakunlandi. Janjal so‘nggida Serena sudyaga qarab “Sen bundan buyon hech qachon, hech qayerda mening birorta o‘yinimda ham hakamlik qilmaysan” , -deb baqirdi.

O‘yindan so‘ng esa, Uilyams sudyani ayollar huquqlarini poymol qilishda aybladi. AQShda Serena Uilyams ayollar teng huquqligining faol kurashchisi sifatida tanilgan. 

Voqea qanday bo‘lganini qo‘yidagi videolavhada tomosha qilishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, Naomi Osaka 1997-yilda Yaponiyaning Osaka shahrida tug‘ilgan. Uning Otasi Gaitilik Leonard Fransua onasi esa yaponiyalik Tamaki Osaka. Serena Uilyams Naomining bolalikdan tennis dunyosidagi “kumir”i bo‘lgan. Ayni damda Naomi Garold Solomon tennis institutida shug‘ullanadi.