AQSh muntazam o‘z elchilarini muzokaralar uchun yuborib turibdi - Ruhoniy bayonoti

"Bir tomondan, Oq uy hukmdorlari eron xalqiga nisbatan fitnalar uyushtiradilar, ikkinchi tomondan - muntazam ravishda o‘z elchilarini muzokaralar uchun jo‘natib turadilar", - dedi Eron prezidenti mamlakat davlat xizmatchilari oldida qilgan chiqishida
Sputnik

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Eron prezidenti Hasan Ruhoniyning so‘zlariga ko‘ra, Vashington, Eronga qarshi qaratilgan ritorikasiga qaramay "muntazam" o‘z elchilarini Tehron bilan muzokaralar o‘tkazish uchun yuborib turibdi. Bu haqda Ruhoniyning rasmiy sahifasida xabar qilingan.

"Bir tomondan, Oq uy hukmdorlari eron xalqiga nisbatan fitnalar uyushtiradilar, ikkinchi tomondan - muntazam ravishda o‘z elchilarini muzokaralar uchun jo‘natib turadilar", - dedi Eron prezidenti mamlakat davlat xizmatchilari oldida qilgan chiqishida.

Eron "Fetx" avlodiga mansub ballistik raketani taqdim etdi

Ilgariroq AQSh preziyenti Donald Tramp Eron prezidenti Ruhoniy bilan sentabrda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh assambleyasida uchrashib qolishini istisno etmasligini ma’lum qilgan va (Eron bilan muloqot uchun" "hamisha ochiqligi"ni ta’kidlagan edi.

Tramp 8-may kuni Vashington Eron bilan yadro dasturi bo‘yicha kelishuvdan chiqishini va Eronga qarshi sanksiyalarning, shu jumladan, ikkilamchi sanksiyalarning ham tiklanishini e’lon qilgan edi. Ya’ni Eron bilan biznes yurituvchi mamlakatlar ham sanksiya ostiga tushishlari nazarda tutilgan edi.

"Oltilik"ning qolgan a’zolari AQSh tomonidan bunday qaror qabul qilinishiga qarshi chiqishdi. Vashingtonning yevropalik hamkorlari Eron bilan kelishuv shartlariga oldingidek amal qilishni davom ettirish niyatida ekanliklarini bildirdilar.

Yadro kelishuvida qolgan davlatlar Eron bilan hamkorlik uchun amerika sanksiyalaridan himoya qiladigan choralarni ishlab chiqish ustida ish olib borishmoqda.