Rossiyada mudhish YTH oqibatida besh nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Lipesk tomonga ketayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan VAZ-2103 to‘qnashib ketgan.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Rossiyaning Lipesk viloyatida ikkita yengil avtomobil ro‘paradan to‘qnashib ketishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, yana bir kishi og‘ir shikastlandi, deb xabar qildi “RIA Novosti”.

Toshkentda mudhish YTH sodir bo‘ldi

Rossiya IIV vakili ma’lum qilishicha, halok bo‘lganlarning barchasi — o‘zbekistonliklar. Ular Dobrovskiy tumanida qonuniy yashagan, barcha zarur hujjatlari bo‘lgan.

YTH “Lipesk—Chapligin” avtomobil yo‘lida 6-sentabr kuni 20:30 (Toshkent  vaqti bilan 22:30) atrofida sodir bo‘lgan.

Lipesk tomonga ketayotgan Toyota RAV4 va qarama-qarshi tomonga harakatlanayotgan VAZ-2103 to‘qnashib ketgan. Oqibatda VAZ haydovchisi va to‘rt yo‘lovchisi halok bo‘lgan, Toyota haydovchisi kasalxonaga yotqizilgan.

Aynan qaysi avtomobil yo‘lning qarama-qarshi tomoniga o‘tib ketgani aniqlashtirilmoqda.