Kurash o‘zbek g‘ururi: prezident sovrini uchun xalqaro turnirdan fotoreportaj

Sputnik

Kurashchilar Bekmurod Oltiboyev (O‘zbekiston) kumush, Aslan Kambiyev (Rossiya) va Temur Raximov (Tojikiston) bronza medal sovrindori bo‘ldilar.

Bellashuvning eng yorqin suratlarini Sputnik jamlanmasida tomosha qiling.

1 / 11
Toshkentda o‘tkazilgan 1-xalqaro turnirda dunyoning 40ga yaqin davlatidan kelgan polvonlar mutlaq vazn toifasida gilamga tushdilar.
2 / 11
Ochilish marosimida Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxodjayev ishtirok etdi.
3 / 11
Xalqaro turnirga ko‘p muxlislar tashrif buyurdi.
4 / 11
Polvonlar mutlaq vazn toifasida gilamga tushdilar.
5 / 11
Turnirning sovrin jamg‘armasi 100 ming AQSh dollarini tashkil etdi.
6 / 11
Musobaqaga Milliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Axmadjonov ham tashrif buyurdi.
7 / 11
Musobaqa g‘olibi 50 ming dollar mukofotini qo‘lga kiritdi.
8 / 11
Ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan kurashchiga 25 ming dollar mukofot berildi.
9 / 11
Uchinchi o‘rinni olganlarga esa 10 ming dollar mukofotdan berildi.
10 / 11
Xalqaro turnirga O‘zbekiston Bosh prokurori, Kurash Federatsiyasi raisi Otabek Murodov, Toshkent shahar hokimi vazifasini bajaruvchi Jahongir Artikxodjayev, Miliy Olimpiya qo‘mitasi prezidenti Umid Axmadjonov tashrif buyurdi.
11 / 11
Polvonlar O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan yaktaklarda bel olishdilar.