GM Qirg‘izistonga Ravon yetkazib berishni to‘xtatdi

Qirg‘iziston milliy avtomobil qurilish kompaniyasi inqirozni boshdan kechirmoqda
Sputnik

TOShKENT, 7 sen - Sputnik. Avtomobil ishlab chiqarish bo‘yicha monopolist bo‘lgan "Jeneral Motors O‘zbekiston" Ravon kompaniyasi bilan shartnomalarni bekor qildi, deb xabar bermoqda Sputnik Qirg‘iziston.

Iyul oyida ham Rossiyada birorta Ravon avtomobili sotilmadi

Bu Qirg‘iziston milliy avtomobil qurilish korxonasi jiddiy inqirozga uchragani bilan bog‘liq. Ravon qachon eksport bozoriga qaytishi - hozircha noma’lum. GM avtomobillarini Qirg‘izistonga olib kirish to‘xtatilgan.

"Tahlil xulosasiga ko‘ra jamoatchilik orasida qabul qilinishi qiyin bo‘lgan qaror - alohida modeldagi avtomobillar narxini o‘rtacha 7,7 %ga ko‘tarish qarori qabul qilindi. Ushbu qarorni qabul qilishda kiyin moliyaviy ahvol va ayrim avtomobillar ishlab chiqarilishining norentabelligi hisobga olindi", - deb xabar qilinadi GM saytida.

2019 yilda "Jeneral Motors O‘zbekiston" Bishkekda avtomobil yig‘ish bo‘yicha zavodni ishga tushirmoqchi edi, ammo bugun ushbu yo‘nalishda ishlar to‘xtatib qo‘yilgan.