GM Uzbekistan 29 mingdan ortiq avtomobilni sotuvga qo‘ydi

Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o‘zgarib borishi mumkin.
Sputnik

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. GM Uzbekistan AJ sentabr oyida shartnoma tuzadigan xaridorlarga noyabr oyida avtomobil olish uchun 29 314 dona shartnomalar mavjudligi haqida xabar qildi.

GM Uzbekistan mexanik uzatmali “Spark” avtomobilini ishlab chiqarish hajmni oshiradi

Shundan – 3 523 dona Damas, 680 dona Labo, 108 dona Matiz, 2 145 dona Spark, 7 889 dona Nexia, 8 173 dona Cobalt, 5 522 dona Lacetti, 996 dona Malibu, 278 dona Captiva.

Barcha mijozlar GM Uzbekistan AJ saytidagi ushbu havola orqali  kunlik tuzilgan shartnomalar ro‘yxatini tekshirib borishi, shuningdek avtosalonlarda shartnoma tuzish uchun mavjud avtomobillar ro‘yxati bilan modellar va dilerlik korxonalar kesimida tanishib borishi mumkin.

Kompaniya xabariga ko‘ra, saytdagi barcha ma’lumotlar kunlik tarzda yangilanib boradi va kelasi kunning soat 09:00 gacha faol sanaladi.

Dilerlik korxonalarida mavjud avtomobillar kun davomida shartnoma tuzilgan avtomobillarga qarab o‘zgarib borishi mumkin.

Qo‘shimcha savollar yuzaga kelgan taqdirda kompaniyaning Call-markaziga murojaat qilish mumkinligi aytib o‘tilgan.