Yangi jurnalistika universiteti qanday ko‘rinishga ega?

Sputnik

Bugun, 6-sentabr kuni Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti 7-sentabrda bo‘lib o‘tadigan ochilish marosimi oldidan jurnalistlar uchun alohida press tur tashkil etildi.

Unda universitetini tashkil etilishi, olib borilgan qurilish va obodonlashtirish ishlari haqida OAV vakillariga batafsil tushuntirish berildi.

Jurnalistlarga universitetda talablar uchun yaratilgan shart-sharoitlar to‘liq ma’lumot taqdim etildi.

Universitetda tasvirga olingan eng yorqin suratlar Sputnik jamlanmasida tomosha qilishingiz mumkin.

1 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar o‘qishi, ijod qilishi va dam olishi uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
2 / 18
Universitet hududida jurnalistlar timsoli bo‘lgan oltin qalam va kub tasvirlangan installyatsiya o‘rnatildi. Kub ma’nosi – to‘rtinchi hokimiyat ma’nosini anglatadi.
3 / 18
Universitet hududida labirint tashkil etilgan va xorijdan keltirilgan gullar ekilgan.
4 / 18
Universitetda alohida "Yosh jurnalist" kinoteatri tashkil qilingan.
5 / 18
Prezident Shavkat Mirziyoyevning jurnalistika haqida aytgan so‘zlari yozilgan stend. Jurnalistika universitetining bayrog‘i.
6 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti auditoriyalari.
7 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori Sherzod Qudratxo‘jayev OAV vakillarga universitet tashkil etilishi haqida mehmonlarga to‘liq ma’lumot berdi.
8 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalari.
9 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetidagi tarixiy yozuv mashinkasi.
10 / 18
Jurnalistika universitetiga budjetga kirgan talabalar.
11 / 18
Jurnalistika universiteti kutubxonasi.
12 / 18
Ko‘p xorijiy davlatlarda oliygohlar binosi qizil g‘ishtdan qurilgan. Shuning uchun Toshkentdagi jurnalistika oliygohining binosi ham qizil g‘isht bilan ishlangan.
13 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talabalar ijod qilishi uchun joy.
14 / 18
Universitet kompusini tashkil qilishga kreativ yondoshgan holda ochiq va havodagi zonalarni bevosita tashkil etish nuqta nazardan ham dars o‘tishi, ijod qilishlari uchun 2-3 ta kvorking va “open air” zonalari tashkil etilgan.
15 / 18
Jurnalistika universiteti rektori va talabalar.
16 / 18
Jurnalistika universitetining sport zali.
17 / 18
Jurnalistika universitetida talabalar ijod qilishi uchun tashkil qilingan joy milliy uslubda bezatilgan.
18 / 18
Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining tashqi ko‘rinishi.