Toshkent shahri uchun 350ta MAN avtobuslari xarid qilinadi

Avtobuslarning har birining narxi o‘rtacha 1,8 mlrd so‘m bo‘lib, ular Xalq banki tomonidan Pensiya fondi hisobidan beriladigan kredit evaziga sotib olinadi.
Sputnik

TOShKENT, 6 sen  - Sputnik. Toshkent shahri uchun 350ta MAN rusumli avtobuslar xarid qilindi, deb xabar qilmoqda Spot.uz Vazirlar Mahkamasi qaroriga asosan.  

“Toshshaxartransxizmat” hamda “JV MAN Avto-Uzbekistan” qo‘shma korxonasi orasida imzolangan shartnomaga asosan 2017 – 2019-yillarga qo‘shma korxona jami 350 ta avtobus yetkazib beradi”, - deyilgan xabarda.  

Ulardan 110tasi 2018-yilda yetkazib beriladi. Ushbu avtobuslarning har birining o‘rtacha narxi 1,88 milliard so‘m bo‘lib, shartnomaning umumiy qiymati, foiz to‘lovlari bilan birgalikda  331 mlrd. so‘mni tashkil qiladi.

Shartnomani moliyalash Nafaqa fondi hisobidan amalga oshiriladi. Mablag‘ Xalq banki tomonidan yiliga 14 % to‘lov hisobiga amalga ajratiladi. Dastlabki to‘lov 165 mlrd. so‘m bo‘lib u 2018-yilning sentabr oyida amalga oshirilishi kerak. Kredit bo‘yicha barcha to‘lovlar 2025-yilga qadar amlaga oshirilishi kerak.