TOShKENT, 6 sen — Sputnik. “Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishni joriy etish chora-tadbirlari haqida” Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Qaror loyihasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan tayyorlandi.
Qaror loyihasida Moliya vazirligi va Davlat soliq qo‘mitasining Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritish fuqarolarning Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestri bazasi asosida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifiga rozilik berish nazarda tutilgan.
Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 2019-yil 1-yanvardan boshlab har bir jismoniy shaxs bo‘yicha ish beruvchilar tomonidan davlat soliq organlariga jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i bo‘yicha soliq hisoboti tarkibida belgilangan tartibda taqdim etiladi.
Davlat soliq qo‘mitasi 2019-yil 1-yanvarga qadar fuqarolarning Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga o‘tkazilgan sug‘urta badallarini yakka tartibda hisobga olishning markazlashtirilgan elektron reyestrini yuritish bo‘yicha dasturiy ta’minotga Ish haqini hisobga olish reyestrini yuritishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish va uni soliq organlarining yagona integratsiyalashtirilgan axborot resurs bazasiga joriy etish ko‘zda tutilgan.
Shuningdek, Fuqarolarning pensiyalarini hisoblash uchun zarur bo‘lgan hisoblangan ish haqining yakka tartibdagi hisobini yuritishning markazlashtirilgan elektron reyestrini shakllantirish va yuritish to‘g‘risidagi nizomni ishlab chiqiladi.
2019 yildan boshlab fuqarolarga Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali fuqarolarning hisoblangan ish haqi summalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etish bo‘yicha davlat interaktiv xizmatini joriy etiladi.
Qaror loyihasi 20-sentabrigacha muhokama qilinadi.