Ukraina O‘zbekistonda dori ishlab chiqarish zavodini quradi

Ukraina 10 million dollarlik investitsiya kiritadi.
Sputnik

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Ukrainaning “Farmak” kompaniyasi O‘zbekistonda farmatsevtika zavodini qurishni rejalashtirmoqda. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar qildi.

Kuni kecha “Farkat” Kuzatuv kengashi raisi va Ukrainadagi O‘zbekiston elchisi yangi zavodni qurish masalasini kelishib olishdi. Ukraina investitsiya miqdori 10 million dollarni tashkil qiladi.

“Yangi zavod O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan dori assortimentni kengaytiradi. Shuningdek, import  dorilariga bog‘liqlikni kamaytirib, farmatsevtika klasterini yanada kengaytirish uchun bazani yaratadi”, - dedi O‘zbekiston elchisi Alisher Abdualiyev.

Kompaniya xabarida qayd etilishicha, “Farmak” kompaniyasi O‘zbekiston bozorida 15-yildan beri ishlamoqda va 120 dan ortiq dorilarni sotmoqda.