Rossiyalik zamonaviy "Shomahmudova"

Rossiyalik zamonaviy “Shomahmudova” - Tatyana Sorokina 80 nafar bolani tarbiyalab voyaga yetkazmoqda. Ulardan faqat 2 nafari uning o‘z bolalari.
Sputnik

3 sentabr, dushanba kuni Rostov  viloyatida yashovchi Tatyana Sorokina birvarakayiga 14 aka-ukani maktabga yubordi. Ulardan eng kichigi - 1 sinfda o‘qiydi. Kattaroi farzandlaridan uch nafari litseyga 2 nafari Don davlat texnika universitetiga o‘qishga kirgan.

"Men ko‘p bolali ona sifatida maxsus magazindan kiyim-kechaklarni arzonroq xarid qilaman. Bolalarga shim, qizlarga bluzkalarni 600-700 rubldan sotib oldim. Ust kiyimlarning esa o‘tgan yilgilari bor edi. Kitob-daftarlar bu yil to‘liq maktab tomonidan berildi. Faqat atlas va konturli kartarni o‘zimiz xarid qildik", - deydi Tatyana.  

Tatyana Sorokina Rossiyada eng ko‘p bolali ona hisoblanadi. U 80 nafar bolani tarbiyalab voyaga yetkazgan. Ulardan faqat 2 nafari uning o‘z bolasi.