Pensiya ta’minoti bo‘yicha prezident farmoni loyihasi muhokamaga qo‘yildi

2018 yil 1-oktabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanadi - deyilgan farmon loyihasida.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. Shu yil 5-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi normativ-huquqiy hujjatlari loyihalari muhokamasi portaliga “Fuqarolar pensiya ta’minoti tizimining ijtimoiy adolatliligini va samaradorligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi joylashtirildi.

Rossiya urush faxriylari va mehnat migrantlariga pensiya to‘lashi mumkin

Farmon loyihasiga ko‘ra, 2018-yil 1-oktabridan barcha ishlayotgan pensionerlarga pensiya to‘liq hajmda to‘lanadi.

Bundan tashqari, 2019-yil 1-yanvaridan pensiyani hisoblash uchun qabul qilinadigan eng yuqori ish haqi miqdori eng kam ish haqining 8 baravaridan 10 baravariga oshiriladi. 

Ushbu farmon loyihasi Budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi tomonidan tayyorlandi.

Muhokama 20-sentabrda yakunlanadi.