O‘zbekistonda kripto-birjalar faoliyati tashkil etiladi

Kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga qimmatli qog‘ozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen — Sputnik. O‘zbekiston Respublikasida kripto-birjalar faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi prezident qarori qabul qilindi, deb xabar qildi “Huquqiy axborot” kanali.

Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga oid prezident qarori qabul qilindi

Qarorga muvofiq, kripto-birjalar va kripto-aktivlar aylanmasi bo‘yicha faoliyatga qimmatli qog‘ozlar, birja va birjalar faoliyatiga oid qonunchilik tatbiq etilmaydi.

Kripto-birjalar faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziyalar O‘zbekiston hududida sho‘’ba yoki boshqa turdagi tashkilotlarini ochish asosida faqatgina chet el yuridik shaxslariga beriladi.

Bunda ularning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq valyuta operatsiyalariga nisbatan valyutani tartibga solish haqidagi qonunchilikning normalariga tatbiq etilmaydi.

Jismoniy va yuridik shaxslarning kripto-aktivlar aylanmasi bilan bog‘liq operatsiyalari soliqqa tortish obyekt hisoblanmaydi, ulardan olingan daromad esa soliq va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliqqa tortish bazasiga kiritilmaydi.

Shuningdek, kripto-birjalar ko‘rsatgan xizmatlari uchun mukofot, shu jumladan kripto-aktivlar olish hamda ularning mijozlardan undiriladigan miqdorini belgilash, shuningdek kripto-aktivlarni milliy va chet el valyutalari orqali tasarruf etish hamda boshqa kripto-aktivlarga almashtirish uchun O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari va norezidentlari bilan birja kelishuvlarini tashkil qilish huquqiga ega bo‘lishi belgilandi.