Moliya institutiga yangi rektor tayinlandi

Ulug‘bek Azizov ushbu kunga qadar prezidentning davlat maslahatchisi lavozimida ishlab kelgan.
Sputnik

TOShKENT, 5 sen - Sputnik. Moliya institutiga yangi rektor tayinlandi, deb xabar qilmoida "Xalq so‘zi" gazetasi. 

"Azizov Ulug‘bek O‘ktamovich Toshkent moliya instituti rektori lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori imzolandi", - deyilgan xabarda.

Ma’lumot uchun, Ulug‘bek Azizov bunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat maslahatchisi o‘rinbosari, davlat maslahatchisi vazifasini bajaruvchi kabi lavozimlarda faoliyat yuritgan.