TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Moody’s agentligi O‘zbekiston bank tizimi prognozi bo‘yicha hisobot tayyorladi.
Ushbu hisobotning asosiy xulosalarini e’tiboringizga havola etamiz.
Moody’s agentligi quyidagi omillarni hisobga olgan holda O‘zbekiston bank sektori bo‘yicha barqaror prognozni saqlab qolmoqda:
- O‘zbekiston iqtisodiyoti MDHning boshqa davlatlarining iqtisodiyotlariga qaraganda tezroq o‘sib bormoqda. 2018-2019 yillarda ham davlat harajatlari, investitsiya mablag‘lari va Rossiyadan mehnat muhojirlarning pul o‘tkazmalari tiklanishi evaziga o‘sish suratlarini saqlanib qoladi;
- O‘zbekiston bank tizimi davlat banklarining o‘rtacha hajmi va ustunligi bilan tavsiflanadi;
- O‘zbekiston bank tizimining dollarizatsiya darajasi yuqoriligiga qaramasdan, asosan valyuta xatarlar markazlashgan, birinchi navbatda, davlat banklarida mo‘’tadil bo‘lib qoladi.
- O‘zbekiston bank tizimining umuman korporativ sektorga, ayniqsa davlat korxonalari va yirik qarz oluvchilarga nisbatan yuqori darajada saqlanib qolmoqda.
- bank aktivlarining sifati yaxshi: muammoli kreditlarning ulushi umuman iqtisodiyotning o‘sishi, inflyatsiya darajasini pasayishi va kreditlashtirishning tez suratlarda o‘sishi natijasida saqlanib qoladi (2018 yilda 30-40%);
- sof foizli marjaning kamayishi va aktivlarning tez o‘sishi hisobiga O‘zbekiston banklarining daromadi va kapitalning yetarligi asta-sekinlik bilan kamayib boradi.
- bank tizimida yaxshi likvidlik darajasi saqlanib qoladi;
- Hukumat davlat banklarini qo‘llab-quvvatlashni davom etadi.
Hisobot muallifi - Moody’s agentligining O‘zbekiston bank sektorining yetakchi tahlilchisi Petr Paklin.