Bolani tizzasiga o‘tqazib, mashina haydab ketayotgan ayol videoga olindi

Kichkina bolani tizzasiga o‘tqazib, mashina haydab ketayotgan ayol videoga olindi.
Sputnik

Bu video Facebookda keng tarqalib ketdi.

Videoga olayotgan haydovchi ayolga “uyat emasmi” deb tanbeh bildiradi. Ayol esa unga keskin e’tiroz bildirib, mashinani boshqarishni davom etadi.

Internet foydalanuvchilari bu videoni qizg‘in muhokama qilib, uning ostida tanqidiy izohlar qoldirishmoqda.

“Bunday hatti-harakatlar tufayli avariyalar sodir bo‘lishi mumkin. Undan haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish kerak”, - deb yozgan mushtariylardan biri.