Misr prezidenti ilk bor O‘zbekistonga kelmoqda

Misr prezidenti Husayn as-Sisi 4-5 sentabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Misr prezidenti 4-5 sentabr kunlari O‘zbekistonga rasmiy tashrif bilan keladi, deb xabar qilmoqda Sputnik muxbiri UzA xabariga asosan.   

"O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan 2018-yil 4-5 sentabr kunlari Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh Said Husayn as-Sisi rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi", - deyilgan xabarda. 

Tashrif davomida O‘zbekiston va Misr hamkorligini rivojlantirish, hamda hududiy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashishiladi.

Muzokaralar yakunida davlat rahbarlarining Qo‘shma bayonoti qabul qilinishi, O‘zbekiston va Misr o‘rtasida siyosiy, savdo-iqtisodiy, turizm, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohalaridagi hamkorlikni mustahkamlash va kengaytirishga qaratilgan hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Bu Misr prezidentining O‘zbekistonga birinchi tashrifi bo‘ladi. Abdulfattoh Said Husayn as-Sisi O‘zbekistonga Xitoyda bo‘lib o‘tadigan "Xitoy-Afrika" forumidan so‘ng tashrif buyuradi.