"Islom davlati" o‘z qo‘poruvchi guruhlarini Rossiya, Yevropa va Osiyoga tashlamoqda - ShHT

"Islom davlati" terrorchilik uyushmasi o‘z qo‘poruvchilarini Rossiya, Yevropa va Osiyoga tashlamoqda, deb bayonot qildi Shanxay hamkorlik tashkiloti rasmiy vakili
Sputnik

TOShKENT, 3 sen - Sputnik. "Islom davlati" terrorchilik uyushmasi qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarni tayyorlab Yevropa, Markaziy, Janubiy-Sharqiy Osiyo va Rossiyaga tashlamoqda, deb bayonot qildi ShHT Mintaqaviy aksilterror tuzilmasi Ijroiya qo‘mitasi rahbari o‘rinbosari Jumaxon G‘iyosov.

"ID" va "Al-Qoida" birlashishi mumkin, deb ogolantirmoqda ShHT

RIA Novosti xabariga asosan.

"Suriyadagi o‘choqlarning muvaffaqiyatli bostirilishi qolgan jangarilarni siljishga, ularning yetakchilarini esa chet eldagi filiallarni faollashtirishga majbur qildi. IShID tomonidan tashkil qilingan maxsus tuzilmalar qo‘poruvchi-terrorchi guruhlarni jamlash, tayyorlash va ularni Yevropa, Markaziy, Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Rossiyaga tashlash ishlarini olib borishmoqda", - dedi G‘iyosov "Xalqaro terrorizmga qarshi kurash doirasida qurol-aslahani noqonuniy yetkazib berishga qarshi kurash" anjumanida so‘zlagan nutqida.