GM Uzbekistan “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasini uzaytirdi

GM Uzbekistan mijozlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasi muddatini uzaytirdi.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen — Sputnik. GM Uzbekistan AJ “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasi muddatini uzaytirdi.

Shavkat Mirziyoyev velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligini ta’kidladi

“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining velosipedlarni ishlab chiqarishni va veloyo‘laklar sonini ko‘paytirish hamda aholi sog‘ligini mustahkamlashda yordam beradigan velosipedda yurishni ommalashtirish zarurligi xaqidagi takliflari aholimiz tomonidan faol muhokama qilinayotgani va ijobiy fikrlar bildirilayotganini hisobga olib, “GM Uzbekistan” AJ o‘z navbatida mijozlarning kayfiyatini ko‘tarish maqsadida “Spark xarid qil – sovg‘aga velosiped ol” aksiyasi muddatini uzaytirdi”, - deyilgan “O‘zavtosanoat” AJ xabarida.

Eslatib o‘tamiz, Spark R2 Optimum A/T avtomobilini xarid qilish vaqtida velosiped uchun berilgan vaucher bilan bog‘liq mazkur aksiya 30-avgustdan joriy qilindi.