Erdo‘g‘on: Xalqaro savdoning eng katta muammosi - dollar

Malakatlararo savdoning dollarga bog‘liqligi bugungi kunda o‘z ma’nosini yo‘qotgan va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmoqda - deydi Erdo‘g‘on.
Sputnik

TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Bugun Cho‘lpon-Otada bo‘lib o‘tayotgan Turkiy tillarda so‘zlashuvchi mamlkatlar sammitida Turkiya prezidenti Toyip Erdo‘g‘on xalqaro savdoning dollarga tobeligini muammo deb atadi va mamlakatlarni o‘z valyutasida savdo qilishga chaqirdi, RIA Novosti xabariga asosan.

Shavkat Mirziyoyev Qirg‘izistonga keldi

“Biz qiyin davrlarni boshimizdan kechirmoqdamiz... Ayrim malakatlar xalqaro muloqotni mensimasdan qo‘rqitish va shantajni o‘z quroliga aylantirib olgan. Xalqaro sanksiyalar har qanday kelishuvlarning mazmunini yo‘qqa chiqarmoqda. Xalqaro tizim odil va va o‘zaro hurmat asosda ishlashi uchun turkiy tillarida so‘zlashuvchi xalqlar o‘zaro hamjihatlik namoyish etishlari kerak”, - dedi Turkiya prezidenti sammitda.  

“Malakatlararo savdoning dollarga bog‘liqligi bugungi kunda o‘z ma’nosini yo‘qotgan va iqtisodiy rivojlanishga to‘sqinlik qilmoqda. Milliy valyutada savdo qilishni hajmini oshirish – bu rivojlanish uchun kerak bo‘ladigan muhim shart deb hisoblayman. Dollargan bog‘liq xalqaro savdo tizimi bugungi kunda eng katta muammoga aylangan”, - deydi Turkiya rahbari.  

Shuningdek Erdo‘g‘on turkiyalik muxoliftchi Fatxulla Gulen tomonidan tashkil qilingan FETO tashkilotiga qarshi kurashni kuchaytirishga chaqirdi. U yana bir bor ushbu tashkilot Turkiyada terrorchi deb e’lon qilinganini aytib ular o‘z mafkurasini o‘zlari xomiyligida tashkil qilinayotgan maktablar orqali tarqatayotganini aytib o‘tdi.

O‘zbekiston iqtisodga dollar ta’sirini kamaytirmoqda

“O‘zbekiston tomonidan qo‘yilayotgan qadamlar bizni xursand qilmoqda”, - dedi Turkiya rahbari va FETO maktablari o‘rnida Turkiyaning “Maarif” fondi homiyligidagi maktablarni ochishga chaqirdi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy tillarda so‘zlashuvchi mmalakatlar sammitida Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston rahbari Nursulton Nazarbayev, Turkiya rahbari Toyip Erdo‘g‘on ishtirok etmoqda. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Vengriya bosh vaziri Viktor Orban kuzatuvchi va mehmon sifatida ishtirok etmoqda.