O‘zbekiston fuqarosi jomadon ichida Turkiya chegarasidan o‘tmoqchi bo‘ldi

Gruziya fuqarosi 27 yoshli o‘zbekistonlik qizni chemodanda Turkiyaga olib o‘tayotganda qo‘lga olindi.
Sputnik

TOShKENT, 2 sen – Sputnik. Gruziya – Turkiya davlat chegarasida turkiyalik chegarachilar Gruziya fuqarosi jomadonidan nolegal sayohatchi topib olishdi, deb xabar qilmoqda Novosti – Gruziya portali.

Buxorodan Turkmanistonga o‘tadigan chegara posti ochildi

Voqea “Sarpi” chegara-nazorat punktida sodir bo‘lgan. 24 yoshli Gruziya fuqarosi o‘zi bilan olib o‘tayotgan ulkan jomadon Turkiya chegarachilarida shubha uyg‘otgan. Chegarachilar uni ochishni talab qilishgan.

Jomadon ochilganda uning ichidan chegarani noqonuniy kesib o‘tayotgan sayohatchi – 27 yoshli O‘zbekiston fuqarosi topib olingan. Keyin ma’lum bo‘lishicha, ushbu fuqaroga Turkiya hududiga kirish 5-yilga ta’qiqlangan bo‘lgan.

Ushbu qonunbuzarlik yuzasidan Turkiya politsiyasi tomonidan ushbu ikki fuqarolarga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.