TOShKENT, 2 sen – Sputnik. 2-sentabr Islom Karimov xotira kuni. Ushbu munosabat bilan Shavkat Mirziyoyev Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasiga tashrif buyurib, O‘zbekiston Birinchi Prezidenti haykali poyiga gul qo‘ydi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
"Bu Shavkat Mirziyoyevning o‘z ustozi, mustaqilligimiz asoschisi bo‘lgan Islom Karimovga yuksak hurmatining yana bir ifodasi bo‘ldi", - deyilgan xabarda.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq 2-sentabr Xotira kuni etib belgilangan. Bu kuni Islom Karimovning hayoti va serqirra faoliyatini yod etish yaxshi an’anaga aylangan.
Gul qo‘yish marosimida parlament va hukumat a’zolari, fan va madaniyat namoyandalari, yoshlar, keng jamoatchilik ishtirok etdi.
Shuningdek, xabarda aytilishina islom Karimovning Samarqand va Qarshi shaharlaridagi haykallari poyiga ham gullar qo‘yilgan.