O‘zbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo bo‘ladi

Bundan tashqari, O‘zbekistonda Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi markazni tashkil etish ham rejalashtirilmoqda
Sputnik

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. O‘zbekiston shaharlarida Xitoyning osma poyezdlari paydo bo‘lishi rejalashtirilmoqda, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga investitsiya qo‘mitasi matbuot-xizmati vakili.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Respublikasi Turizm qo‘mitasi tomonidan Jizzaxda bo‘lib o‘tgan Xalqaro investitsion forumining ikkinchi, yakuniy kunida "Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd" kompaniyasi va Germaniya-Xitoy madaniy almashinuvi uyushmasi tomonidan san’at va dizayn sohasida shartnoma imzolangan.

Imzolangan shartnoma Toshkent shahrida, Samarqand hamda Toshkent viloyatlarida temiryo‘l, shu jumladan, turistik temiryo‘l infratuzilmasini rivojlantirishga qaratilgan.

Ushbu kelishuvga muvofiq:

* O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy dargoh tarkibida zamonaviy muhandislik va boshqaruv kadrlarini tayyorlaydigan fakultetni yoki o‘quv dargohini tashkil etishni;

O‘zbekistonda gazobeton ishlab chiqaruvchi zavodlar quriladi

* Markaziy Osiyodagi beshta davlat poyezdlariga texnik xizmat ko‘rsatuvchi markazni tashkil etish;

* O‘zbekiston shahar transporti tizimiga "Beijing Jiufang Grang Move Transportation Equipment Co.Ltd" kompaniyasi tomonidan ishlab chiqariladigan past, bir relsli osma poyezdlarni kiritish rejalashtirilmoqda.

Shu asosda, Toshkent shahrining va Samarqand viloyatining turistik hududlarida kichik ekskursion poyezdlarni tashkil etish, ushbu hududlar bo‘ylab mehmonxonalarni qurish rejalashtirilmoqda.