General-mayor Po‘lat Bobojonov ichki ishlar organlari xodimlariga tabrik yo‘lladi

IIV rahbari ichki ishlar organlari xodimlariga mas’uliyatli va sharafli xizmatlarida ulkan zafarlar tilagan
Sputnik

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri general-mayor Po‘lat Bobojonov O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 27-yilligi munosabati bilan mamlakat ichki ishlar organlari xodimlariga bayram tabrigini yo‘lladi.

Hammasi o‘zgarishi uchun, avvalo inson o‘zgarishi kerak - Mirziyoyev nutqidagi asosiy fikrlar

"Mustaqilligimizning 27-yillik bayrami munosabati bilan ichki ishlar organlarining barcha xodimlari, qorovul  qo‘shinlari va xalqaro aeroportlarda xavfsizlikni ta’minlash qo‘shinlarining harbiy xizmatchilari, ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari hamda tinglovchi- kursantlarini, shuningdek, mamlakatimiz mustaqilligi va el-yurtimiz tinchligini himoya qilib, xizmat burchini bajarish chog‘ida halok bo‘lgan xodimlarning oila a’zolarini, faxriylarni samimiy muborakbod etaman.

Yurtimizda jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish, qonunchilik hamda huquq-tartibotni mustahkamlashdek mas’uliyatli va sharafli xizmatlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin.

Barchangizga sihat-salomatlik, uzoq umr, baxt-saodat, oilaviy totuvlik, mustaqil Vatanimiz barqarorligi yo‘lidagi ezgu va xayrli ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilayman", - deyiladi IIV rasmiy saytida e’lon qilingan tabrik matnida.