Abdulla Aripov yangi ochiladigan jurnalistika universitetini borib ko‘rdi

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Bosh vaziriga prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxidov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Vazir o‘rinbosari Mirabbos Inoyatovlar hamrohlik qilishgan
Sputnik

TOShKENT, 1 sen - Sputnik. O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov sentabr oyining birinchi haftasida ochilishi rejalashtirilgan Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo‘ldi.

Qudratxo‘jayev MGU bilan hamkorlik shartnomasini imzoladi

Bu haqda o‘zining Feysbukdagi sahifasida universitet rektori etib tayinlangan Sherzod Qudratxo‘jayev ma’lum qilgan.

"Universitet uchun yaxshi kun bo‘ldi", - deb izoh qoldirgan Qudratxo‘jayev.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston Bosh vaziriga prezident maslahatchisi Abdujabbor Abduvaxidov, Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev, Vazir o‘rinbosari Mirabbos Inoyatovlar hamrohlik qilishgan.

"Talim jarayoni, yangi texnologiyalarni joriy etish, talabalarga qulay sharoitlar yaratish va boshqa qator masalalar xaqida yurakdan va batafsil gaplashdik", - deb yozgan Qudratxo‘jayev.