O‘zbekistonda bayram tadbirlari boshlandi

Mamlakat o‘z Mustaqilligining 27-yilligini nishonlamoqda
Sputnik

TOShKENT, 31 avg - Sputnik. O‘zbekiston poytaxti Toshkent shahrida Mustaqillik bayrami nishonlanmoqda, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Bugun davlat rahbari Shavkat Mirziyoyev Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti matbuot-xizmati xabar bermoqda.

"Prezident Shavkat Mirziyoyev 31-avgust kuni Mustaqillik maydoniga tashrif buyurib, ozodligimiz, yorug‘ kelajagimiz va pok niyatlarimiz ramzi bo‘lgan Mustaqillik va ezgulik monumenti poyiga gulchambar qo‘ydi", - deyiladi xabarda. 

Shuningdek, prezident O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati va Qonunchilik palatasi, Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar vakillari ham yodgorlik poyiga gullar qo‘ygan. 

O‘zbekiston Mustaqilligining 27-yilligiga bag‘ishlangan bayram tadbirlari davom etadi.