Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

Jizzax viloyatida bo‘lib o‘tayotgan Xalqaro investitsion forum doirasida tovar ishlab chiqaruvchilar milliy ko‘rgazmasida ilk marotaba Chevrolet Tracker namoyish etildi. Ushbu hashamatli avtomobil darhol o‘z muxlislarini topdi
Sputnik

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Jizzaxda Xalqaro investitsion forum doirasida O‘zbekiston avtomobil sanoatining yangi mahsuloti - Chevrolet Tracker namoyish etildi, deb xabar qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Joriy yilning sentabr oyida sotuvga chiqarilishi rejalashtirilgan Tracker 4 qatorli benzinli dvigatelga ega.

Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

Avtomobil kuzovi uzunligi - 4255, kengligi - 1775, balandligi - 1650, g‘ildirak bazasi - 2555 millimetrni tashkil etadi. Ishlash hajmi - 1796 sm3.

Chevrolet Trackerning maksimal tezligi soatiga 180 kilometrni tashkil etadi. 

Yoqilg‘i sarfi: aralash - 100 kilometrga 7,1 litr. Yoqilg‘i baki hajmi - 53 litr.

Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 29-30 avgust kunlari Jizzaxda Xalqaro investitsion forum bo‘lib o‘tmoqda. Viloyat tarixida ilk marotaba o‘tkazilayotgan ushbu tadbirdan maqsad Jizzaxning investitsion salohiyatini namoyon etish hamda ishlab chiqaruvchilarning milliy ko‘rgazmasini tashkil etishga qaratilgan.

Jizzax investitsion forumida Belarus, Buyuk Britaniya, Germaniya, Gretsiya, BAA, Isroil, Hindiston, Ispaniya, Latviya, XXR, Rossiya, Turkiya, Singapur, AQSh, Janubiy Koreya, Yaponiya singari 28 mamlakatdan 300ga yaqin ishtirokchilar qatnashdilar.

Ushbu tadbirda xorijiy OAVlar vakillari, shu jumladan Sputnik muxbiri ham ishtirok etdi. 

Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi