Imomali Rahmon Abdulla Aripov, Abdulaziz Kamilov va Zokir Almatovni orden bilan taqdirladi

Mukofotlarni topshirish marosimi bugun Dushanbeda bo‘lib o‘tdi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Tojikiston prezidenti Imomali Rahmon bir guruh O‘zbekiston fuqarolarini Tojikiston davlat mukofotlari bilan taqdirladi. Bu haqda Tojikiston yetakchisining matbuot xizmati xabar qildi.

O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov va tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov 2-darajali “Ismoil Somoniy” ordeni bilan;

Imomali Rahmon Abdulla Aripov, Abdulaziz Kamilov va Zokir Almatovni orden bilan taqdirladi

Suv xo‘jaligi vaziri Shavkat Hamroyev 1-darajali "Sharaf" ordeni bilan;

Ichki ishlar vaziri maslahatchisi - Zokirjon Almatov, Samarqanddagi tojik milliy madaniyat markazi rahbari - Abduvahob Vohidov, suv xo‘jaligi vaziri maslahatchisi - Ismoil Jo‘rabekov, “Ovozi tojik” gazetasi bo‘lim mudiri - To‘xtamish To‘xtayev hamda Buxoro davlat universiteti professori - Tavakkal Choriyev “Do‘stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

Imomali Rahmon Abdulla Aripov, Abdulaziz Kamilov va Zokir Almatovni orden bilan taqdirladi

Sherali Jo‘rayev va Mavluda Xalilovalar “Tojikiston xalq artisti” faxriy unvoni bilan taqdirlandi.