O‘zbekistonda avtomobilga “sun’iy” navbatlar bo‘yicha tekshiruv boshlandi

"O‘zavtosanoat" AJ avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta ko‘rib chiqmoqda.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. "O‘zavtosanoat" AJ sun’iy navbat va “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari bo‘yicha tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Jizzaxda Chevrolet Tracker namoyish etildi

“O‘zavtosanoat” AJ ma’lum qilishicha, 2018-yilning 24 dan 28-avgustga qadar "GM Uzbekistan" AJ tomonidan 12 437 ta shartnomalar rasmiylashtirildi va xaridorlar tomonidan 1333 tasi rad etildi (shundan, 385 tasi Damas, 430 tasi Neksiya va 100 tasi Malibu avtomobillari).

Shu bilan birga, ko‘ngilsiz holatlar, ya’ni avtomobilga bo‘lgan “sun’iy” navbatlarni va ular bo‘yicha “defitsit”ni vujudga keltirish holatlari xam kuzatildi. Bu omillar bo‘yicha kelgusida ularni kelib chiqishini bartaraf etish maqsadida tekshiruv o‘tkazilmoqda.

Xabarga ko‘ra, xaridorlar manfaatini ko‘zlab navbatda turishning shaffofligini ta’minlash uchun kompaniya tomonidan avtomobillarga elektron ariza berish va shartnomani rasmiylashtirish tizimi qayta ko‘rib chiqilmoqda.

Kompaniya yaqin kunlarda shu masalaga tegishli bo‘lgan ma’lumotlarni taqdim etishini ma’lum qilgan.

“Dilerlik markazlarida noqonuniy ishlar sodir etilsa va haridorlardan qo‘shimcha xaq so‘rab zo‘ravonlik qilinsa darhol (+99871) 141 77 77 telefon raqami orqali Call-sentrga murojaat qilishingizni so‘raymiz. Bunda sizning murojaatingiz bo‘yicha tezkor yechim topiladi. Barcha noqonuniy hatti-harakatlar alohida nazoratga olingan”, - deyilgan “O‘zavtosanoat” AJ xabarida.