Iosif Kobzon vafot etdi

Iosif Kobzon 2005-yildan buyon saraton kasalidan aziyat chekayotgan edi.
Sputnik

TOShKENT, 30 avg - Sputnik. Rossiyaning eng taniqli estrada xonandalaridan biri Iosif Kobzon 80 yoshida vafot etdi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.

Xonanda iyul oxirida og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizilgan. Uning hayoti sun’iy nafas olish uskunasi yordamida saqlab turilgan.

Iosif Kobzon vafot etdi

Iosif Davidvich Kobzon – Sovet Ittifoqi va Rossiya xalqining sevimli xonandasi. Uning ijrosida 3 mingdan ortiq qo‘shiqlar yozilgan. U Rossiyaning 20ta shahri va MDHning bir necha shaharlarining “sharafli fuqarosi”  unvoniga sazovor bo‘lgan.

Iosif Kobzonning taqdirining bir qismi O‘zbekiston bilan ham bog‘liq.  Ikkinchi Jahon urushi yillarida Iosif o‘z buvisi va nogiron akasi bilan O‘zbekistonga evakuatsiya qilingan. Kobzonlar oilasi Yangiyo‘lda 1944-yilga qadar yashagan.

Iosif Kobzon vafot etdi