O‘zbekiston prezidenti sentabr oxirida Tojikistonga tashrif buyuradi

Tashrif chog‘ida Mirziyoyev MDH rahbarlari sammitida ishtirok etadi.
Sputnik

TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev sentabr oxirida Dushanbega tashrif buyuradi, deb xabar qildi ShHTning markaziy internet-portali.

Tojikistonga tashrif 27-28 sentabr kunlari amalga oshiriladi.

Ushbu tashrif chog‘ida Mirziyoyev MDH rahbarlari sammitida ishtirok etadi.

Dushanbeda birinchi kuni MDH tashqi ishlar vazirlarining kengashi, shundan so‘ng MDH a’zo davlatlari rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi.

Sammit davomida 2019-2023 yillar uchun jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlikdagi davlatlararo dasturi va axborot texnologiya sohasida jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha hamkorlik bitimi imzolanadi.