GM Uzbekistan Nexia va Malibu modellarini ishlab chiqarish hajmini oshirdi

GM Uzbekistan, xaridorlar talabiga muvofiq, Nexia va Malibu modellarni ishlab chiqarish hajmini oshirdi.
Sputnik

TOShKENT, 29 avg – Sputnik. GM Uzbekistan talab katta bo‘lgan modellarni ishlab chiqarish hajmini oshirdi, deb xabar qilmoqda kompaniya matbuot xizmati.

Xususan, mexanik uzatmalar qutisiga ega bo‘lgan Nexia avtomobillar ishlab chiqarish hajmi oyiga 3501tadan (avgustda) 4143taga yetkaziladi (sentabrda). Yil oxiriga qadar 34 804ta Nexia ishlab chiqarish rejalashtirilgan. Malibu avtomobillari ishlab chiqarish hajmi oyiga 240tadan 2200taga yetkaziladi, - deyilgan xabarda.

Kompaniya xabarida aytilishiga ko‘ra, talablar soniga qarab boshqa modellarni ishlab chiqarish hajmi ham oshirib boriladi.