TOShKENT, 29 avg – Sputnik. Mustaqillik bayrami kunlari Toshkentning ayrim ko‘chalarda transport harakati vaqtinchalik cheklanadi, deb xabar qilmoqda Toshkent hokimiyati matbuot xizmati.
O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilliginin g 27-yilligi bayrami tantanalarini o‘tkazish vaqtida jamoat tartibini saqlash hamda yo‘llarda harakatlanish xavfsizligini ta’minlash maqsadida quyidagi keltirilayotgan ko‘chalarda barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.
2018 yil 31-avgust kuni:
— Amir Temur ko‘chasi – Islom Karimov ko‘chasidan Navoiy ko‘chasigacha
— Buxoro ko‘chasi – Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha
— Islom Karimov ko‘chasi — Taras Shevchenko ko‘chasidan Amir Temur ko‘chasigacha
— Matbuotchilar ko‘chasi – Nuroniylar ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
— Istiqlol ko‘chasi – Zarafshon ko‘chasidan – Istiqbol xiyobonigacha
— Oloy ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan – Istiqlol ko‘chasigacha
— Mustaqillik ko‘chasi – Shahrisabz ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
— Mahtumquli ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
— Istiqbol ko‘chasi — Shahrisabz ko‘chasidan — Amir Temur xiyobonigacha
2018 yil 1-sentabr kuni mushak otish vaqtida:
— Seul ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Furqat ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Bobur ko‘chasining O‘rikzor ko‘chasidan Sharshara ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Furqat ko‘chasining Sharshara ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Beshog‘och ko‘chasining Furqat ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— I.Karimov ko‘chasining Sh. Rashidov ko‘chasidan Qoratosh ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Afrosiyob ko‘chasining Sh. Rashidov ko‘chasidan I. Karimov ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Chilonzor ko‘chasining Muqumiy ko‘chasidan Novza ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Novza ko‘chasining Chilonzor ko‘chasidan Bunyodkor ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— Baynalminal ko‘chasining Bunyodkor ko‘chasidan Muqumiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi
— I. Karimov ko‘chasining Beshog‘och ko‘chasidan Sh. Rashidov ko‘chasigacha bo‘lgan qismida barcha turdagi transport vositalarining harakati cheklanadi.
Shuningdek, 2018-yil 1-sentabr kuni bayram tadbirlari o‘tkaziladigan:
“Lokomotiv-Anho r”, “G‘afur G‘ulom”, “Bobur”, “Mirzo Ulug‘bek”, “Ashxobod”, “Furqat”, “Quyoshcha nuri”, “Bog‘ishamol”, “Abdulla Qodiriy”, “Do‘stlik” va “Grin Park” bog‘lariga, Hayvonot bog‘i oldidagi maydonga, Respublika Baynalmilal madaniyat markazi oldiga tutash ko‘chalarda xalq sayli vaqtida hamda vaziyat taqozo etganda boshqa ko‘chalarda ham transport vositalarining qatnovi vaqtincha cheklanishi mumkin.