Telegram terrorchilarning IP-adreslarini e’lon qiladi

Telegram messenjeri sud qaroriga binoan, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarning IP-adreslarini maxsus xizmatlarga ma’lum qiladi.
Sputnik

TOShKENT, 28 avg - Sputnik. Telegram messenjeri sud qaroriga binoan, terrorchilikda gumon qilinayotgan shaxslarning IP-adreslarini maxsus xizmatlarga ma’lum qiladi, deb xabar qilmoqda RIA Novosti.   

“Agarda Telegram biror foydalanuvchining terrorchilikda ayblanayotgani haqida sud qarorini olsa, biz sizning IP adresingizni va telefon raqamingizni maxsus xizmatlarga ma’lum qilishimiz mumkin. Hozircha bunday holatlar bo‘lmagan, agarda shunday holat yuz bersa – barcha ma’lumotlar har yarim yilda e’lon qilinadigan hisobotda chop etiladi”, - deyilgan messenjer rasmiy xabarida.

Hisobotla taaluqli telegram-kanal orqali e’lon qilinadi, deyilgan xabarda.