Ajoyib o‘rmon: Rossiya prezidenti Vladimir Putin Tuvada hordiq chiqardi

Vladimir Putin Kemerovoga ketishda Tuvada to‘xtadi. U yerda Rossiya yetakchisi Mudofaa vaziri va FXX rahbari bilan birgalikda tog‘larda sayr qilib, qo‘ziqoron terishdi.
Sputnik

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Putin shanba va yakshanba kunlarini Yeniseyda o‘tkazgan.

O‘tgan yil avgustda prezident Sibirda hordiq chiqargandi. U yerda baliq ovi bilan mashg‘ul bo‘lganini aytgandi.