TOShKENT, 28 avg — Sputnik. "GM Uzbekistan" AJ kompaniyasi avtomobil savdo tizimida mijozlar ishonchini oshirish va shaffoflikni ta’minlash maqsadida o‘zining saytida yangi bo‘lim ishga tushganini ma’lum qildi.
Bu bo‘limda yordamida xaridorlar avval ro‘yxatdan o‘tkazilgan arizalar (elektron navbat) bo‘yicha shartnoma tuzish uchun taqdim etilayotgan avtomobillar ro‘yxati bilan tanishib borishlari mumkin.
Yangi bo‘limda bugungi kunda elektron navbat asosida shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan 12 mingdan ortiq barcha rusumdagi avtomobillar ro‘yxati bilan tanishish imkoniyati mavjud.
Avval ro‘yxatdan o‘tgan arizalar bo‘yicha shartnoma tuzish mumkin bo‘lgan avtomobillar ro‘yxati tegishli sananing soat 9:00gacha amal qilib, kunlik asosda shartnomalar tuzilishiga qarab yangilanib boriladi.
Taklif etayotgan mazkur xizmat xaridorga o‘z navbatining o‘zgarish jadalligini kuzatish imkonini beradi.