TOShKENT, 27 avg - Sputnik. Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Olimpiya terma jamoasi (U-23) Indoneziyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo O‘yinlariing chorak finalida Janubiy Koreyaga imkoniyatni boy berdi.
Hal qiluvchi 4-gol mashaqqatli o‘yinning qo‘shimcha vaqtida, 118 daqiqada, O‘zbekiston jamoasining bir o‘yinchisiga qizil kartochka berilganidan so‘ng urildi.
Janubiy Koreya o‘yin boshida 5 daqiqada “tez gol” urishga muvaffaq bo‘ldi. 17 daqiqada Jaloliddin Masharipov hisobni tenglashtirdi.
35 daqiqada Janubiy Koreya yana oldinga chiqdi, lekin ikkinchi taym boshida Ikrom Alibayev javoban yana 2t gol urdi. Koreya jamoasi o‘yin oxiriga qadar hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi 3:3.
Qo‘shimcha vaqtda Ikrom Alibayev o‘yindan chetlatilishi tufayli, Koreya jamochi bir kishiga ko‘b tarkibda o‘ynadi va o‘z ustunligidan foydalanib 118 daqiqada hal qiliuvchi golni urdi.
Shunday qilib Ravshana Xaydarova boshchiligidagi O‘zbekiston olimpiya terma jamoasi Osiyo o‘yinlarini tark etdi.