TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasi donni qayta ishlash korxonalarga import qilinadigan g‘alladan tayyorlangan unni eksport qilishga ruxsat berdi, deb xabar qildi "Novosti Uzbekistana" internet nashri.
Bunda mamlakatga olib kiriladigan don hajmidan 75 foizidan oshmasligi kerak. Bu respublikada non va un narxiga ta’sir qilishi mumkin. Yaqin vaqtlarda narx ko‘tarilishi mumkin.
Shu bilan birga, 1-sentabrdan boshlab mahsulot solig‘i aylanmasi don mahsuloti qiymatidan tushadigan daromad miqdori bo‘yicha hisoblanadi, import qilinadigan ayrim bug‘doy turlari esa - arpa, tariq, makkajo‘xori vaqtinchalik bojxona to‘lovlaridan ozod etiladi.
Bundan tashqari, 2019-yil yanvardan un eksport qiluvchi korxonalar davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlardan ozod qilinadi.