Moskva viloyatida zaharlangan o‘zbekistonlik quruvchilar kasalxonadan chiqarildi

Moskva viloyatining Kotelniki shahrida 26 nafar o‘zbekistonlik quruvchilar zaharlangandi. Ulardan bir nafari vafot etdi. 23 nafar kishi esa shifoxonaga yotqizildi.
Sputnik

TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘tgan haftada Kotelnikida zaharlangan barcha quruvchilar kasalxonadan chiqarildi, deb xabar qildi RIA Novosti Moskva viloyati sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Moskva viloyatining Kotelniki shahrida 26 nafar o‘zbekistonlik quruvchilar zaharlangandi. Ulardan bir nafari vafot etdi. 23 nafari esa shifoxonaga yotqizildi.

“Kotelnikidagi hodisada barcha jabrlanganlar Moskva viloyati tibbiyot muassasidan chiqarildi”, - deb ta’kidlashdi vazirlikda.

O‘zbekistonlik muhojirning vafot etishi holati bo‘yicha jinoyi ish qo‘zg‘atildi. Bundan avval barcha protsessual protseduralar o‘tkazilgandan so‘ng uning jasadi O‘zbekistonga yuborilishi haqida Sputnikga Moskvadagi O‘zbekiston elchixonasida ma’lum qilindi.

Zaharlangan quruvchilar “Oranj park” qurilish majmuasida ishlashgan. Elchixona ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu qurilish obyektda minga yaqin muhojir ishlamoqda.