O‘zbekiston va Turkmaniston prezidentlari uchrashuv o‘tkazishdi

Sputnik

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Bugun, 24-avgust kuni Turkmanboshi shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan uchrashuv o‘tkazdi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevni Turkmanistonga tashrifi bilan qutlab, Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining ta’sischi mamlakatlari sammiti ham ikki tomonlama, ham ko‘p tomonlama hamkorlikni muhokama qilish uchun yaxshi imkoniyat ekanini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshiga keldi

Shavkat Mirziyoyev Turkmanistonning Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga raisligini yuqori baholab, O‘zbekiston bilan Turkmanistonning bu boradagi loyihalari va tashabbuslari bir-birini to‘ldirishini qayd etdi.

Uchrashuvda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi hamkorlikning bugungi holati va istiqbollari muhokama qilindi. Turkmaniston Prezidentining joriy yil aprel oyidagi O‘zbekistonga davlat tashrifi ko‘p qirrali aloqalarga yangi sur’at baxsh etib, uni amaliy mazmun bilan boyitgani ta’kidlandi.

Muloqotda avval erishilgan kelishuvlar ijrosiga e’tibor qaratildi. O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlash, siyosiy, savdo-iqtisodiy, transport-kommunikatsiya, sanoat, madaniy-gumanitar va boshqa sohalardagi hamkorlikni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. 

Tomonlarni qiziqtirgan mintaqaviy va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan ham fikr almashildi.