Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshiga keldi

Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston prezidenti taklifiga binoan Turkmanistonga keldi.
Sputnik

TOShKENT, 24 avg – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev 24-avgust kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuxamedov taklifiga binoan Turkmanboshiga yetib keldi, deb xabar qilmoqda Hukumat portali.   

O‘zbekiston prezidentini Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi raisi o‘rinbosari E. Orazgeldiev va boshqa rasmiy shaxslar kutib olishdi.

"O‘zbekiston prezidenti bugun Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasi ta’sischi davlatlari rahbarlari kengashining majlisida ishtirok etadi. Sammitda Orol dengizi havzasining ekologik ahvolini yaxshilashda Markaziy Osiyo mamlakatlari hamkorligining dolzarb masalalari ko‘rib chiqiladi", - deyilgan xabarda. 

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev Turkmaniston Prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazishi rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoyev Turkmanboshiga keldi