TOShKENT, 23 avg – Sputnik. 2018 yilning birinchi olti oyligida Rossiya va O‘zbekiston orasida mahsulot ayrboshlash hajmi o‘tgan yilning ushbu davriga nisbatan 30%ga oshib, 2,8 milliard dollarga yetdi, dedi O‘zbekiston elchisi Bahrom Ashrafxonov brifingda.
“Rossiya O‘zbekistonning an’anaviy eng yirik va muhim hamkoridir. O‘tgan yil yakunlariga ko‘ra ikki mamlakat orasidagi mahsulot ayrboshlash hajmi 15%ga oshib 4,8 milliard dollarni tashkil qilgan edi”, - dedi elchi.
Ashrafxonov aytishiga qaraganda, O‘zbekiston va Rossiya orasida munosabatlar ushbu sur’atda rivojlanishda davom etsa, ushbu yil oxirida mahsulot ayrboshlash hajmi 5 milliard dollardan oshib ketishi kerak, lekin ikki davlat o‘zaro savdo-sotiq hajmini 6 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.
“Sarmoyaviy hamda sanoat sohalarida hamkorlikni rivojlantirishda katta imkoniyatlar mavjud”, - dedi Ashrafxonov.
Elchining so‘zlariga ko‘ra 2018-yil boshidan buyon Rossiyadan O‘zbekistonga jalb qilingan sarmoyalar hajmi 600 million dollarni tashkil qildi. Ushbu davr mobynida O‘zbekistonda Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan 114ta yangi korxonalar payod bo‘ldi. Ularning ayrimlari 100% Rossiya kapitali ishtirokida tashkil qilingan. O‘zbekistonda ochilgan korxonalar soni bo‘yicha Rossiya birinchi o‘rinni egallab turibdi.