TOShKENT, 23 avg – Sputnik. Osmondan nazar solganda Saroz ko‘lining shakli ajdarhoga o‘xshash maxluqni eslatadi, shuning uchun ham ba’zan uni uxlayotgan ajdarho deyishsa kerak, RIA Novosti xabariga asosan.
Uzunligi 70 kilometr, chuqurligi 500 metr va dengiz sathidan 3255 metr balandlikda joylashgan bo‘lgan ushbu ko‘l – Pomir tog‘ining seysmologik jihatdan eng xavfli bo‘lgan hududida joylashgan.
Ekspertlar aytishiga qaraganda, ushbu joyda har 250-yilda 8-9 balli yer va har 100-yilda 7 balli yer qimirlashi bo‘lib turar ekan. Navbatdagi yer qimirlashi oqibatida ko‘ldagi suv oqib chiqa boshlasa O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Afg‘oniston va Turkmaniston zarar ko‘rishi mumkin.
Tojkiston Favqulodda vaziyatlar qo‘mitasi rahbari Rustam Nazarzoda aytishiga qaraganda, Saroz ko‘lida o‘tkazilgan tekshiruvlar ko‘l qirg‘oqlarida o‘pirilish xavfi yo‘q.
“Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, Saroz ko‘li qirg‘oqlarining o‘pirilish xavfi yo‘q. Ko‘lda seysmik holat doimiy nazorat ostida”, - dedi Rustam Nazarzoda.
Nazarzoda aytishiga qaraganda, ko‘l qirg‘oqlari va uning tubida oldindan ogohlantirish tizimi o‘rnatilgan. Ko‘l va qirg‘oqlarning umumiy holati, to‘planayotgan va oqib chiqayotgan suv hajmi tunu-kun kuzatuv ostida.
Misol tariqasida Nazarzoda 2015 yilda bo‘lib o‘tgan 6,5 balli zilzilani esga oldi. O‘shanda tabiiy ofat to‘g‘onni buza olmagan.
Eslatib o‘tamiz, Saroz ko‘li 1911-yilda 9 balli yer qimirlashi oqibatida paydo bo‘lgan edi. O‘shanda qulab tushgan tog‘ bo‘lagi Murg‘ab darosi o‘zanini to‘sib, balandligi 567 metr bo‘lgan tabiiy to‘g‘on hosil qilgan edi.